Betakror tabrik

Har bir o‘quvchi o‘ziga xos iste’dod sohibi. Bir sinfda qancha o‘quvchi tahsil olsa, demakki, shuncha xil talant mujassam degani. 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan muassasamizda tahsil olayotgan 4-“A” sinf o‘quv­chilari o‘rtasida ajoyib tanlov o‘tkazdik. Sinfdagi barcha o‘g‘il-qizlar bayram munosabati bilan o‘z onalariga tabrik yozdilar. Tabriklarda farzandlari­mizning onalarga bag‘ishlangan eng go‘zal she’rlari, chizgan suratlari, samimiy dil izhorlari ifodasi­ni topdi. Tanlov natijalariga ko‘ra Ruhshona Shodmonova, Shohjahon Abdug‘aniyev, Azizbek O‘tbosarovlar­ning yozgan tabriklari eng mazmunliligi, hayotiyligi, sodda va ta’sirchanligi bilan g‘oliblikka loyiq topildi. G‘oliblar faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Ra’noxon QOBULOVA,
Chortoq tumanidagi 34-umumta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi