Onamga sov‘g

Bahor faslini juda-juda yaxshi ko‘raman. Chunki u men uchun eng qadrli bayramlarni tuhfa etadi. Har yili bahorning ilk kunidayoq onam uchun ayollar bayramiga qanday sovg‘a berish haqida o‘ylayman. Xayolimga gullar, chiroyli suratlar, yana go‘zal va nafis buyumlar keladi. Biroq bu yil har galgidan ham o‘zgacharoq tuhfa berishni o‘yladim. Onam doim: “Onalar uchun eng yaxshi mukofot bu farzandlarining yutuqlari”, deydilar. Maktabimizda yangi haftada katta tanlov. Men ham onamga bildirmay shu tanlovda qatna­shishga ahd qildim. G‘oliblikni qo‘lga kiritish uchun astoydil intilaman.
Bugun juda hayajonli kun. Men kutgan tanlov keldi. Hammaning yuzida hayajon va quvonch. Mening esa xayolimda birgina o‘y, faqat va faqat g‘oliblik. Ana, ahiiyri hakamlar xonaga kirib kelishmoqda. Yuragimning uri­shi tezlashdi. Mikrofonni qo‘liga olgan hakam qo‘lidagi diplomga qarab atrofga bir-bir nazar soldi. Nihoyat u baralla ovoz chiqarib tanlov g‘olibini e’lon qildi.
Ha, ha bu mening ismim edi. Ko‘zlarimdagi yoshni tiyolmadim. Men onam uchun eng yaxshi sovg‘ani qo‘lga kiritdim. Endi uyga shoshilishim kerak.

Oisha MAHMUDJONOVA,
Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 31-umumta’lim maktabining 4-sinf o‘quvchisi