QOG‘OZQANOT DO‘STLARIM

Ko‘klam kezlari o‘rik va bodom gullari boqib turgan tomonda turfa varraklar sayr eta boshlaydi. Bolajonlar qolib, kattalar ham varrak sayliga qiziqib ketadilar. Keng maydon uzra ko‘klarda kezayotgan antiqa varraklarni ko‘rib, diling yayrab ketadi. Shunday kezlarda beg‘ubor bolaliging yodingga keladi.
Namangan shahar “Barkamol avlod” bolalar markazi to‘garak a’zolari ishtirokida “Samoga parvoz” mavzusida varraklar sayli festivalining shahar bosqichi o‘tkazildi. Uch yo‘nalishda o‘tkazilgan tanlovda 200 dan ziyod varraklar samoni quchdi. Bellashuv yakuniga ko‘ra “varrak” yo‘nalishida Namangan shahridagi 60-umumta’lim maktabining 7-sinf o‘quvchisi O‘lmas Nuraliyev, “Laylak va parrak yo‘nalishida” Namangan shahridagi 70-umumta’lim mak­tabining 7-sinf o‘quvchisi Akmal Turg‘unpo‘latov festivalning galdagi bosqichlarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishdi.

O‘z muxbirimiz