Qaldirg‘och - orzuim qushi

Keng dalalar, chiroyli o‘ylar,
Baland tog‘lar-bari bizniki.
Ko‘rkam bog‘lar, ajib chamanlar,
Biz baxtiyor o‘g‘il-qizniki.
Yuqoridagi misralarni qog‘ozga tushirar ekanman, istiqlol­ning hur qizi ekanligim meni yanada ilhomlantirdi. Ertalabda menga ta’lim-tarbiya berayotgan ustozlarim, allaqachon qadr­don bo‘lib qolgan sinfdosh do‘stlarim va jonajon maktabim bag‘riga shoshaman. Barcha fanlarni a’lo baholarga o‘zlashti­rish bilan birga fan to‘garaklari, tadbir va tanlovlarda ham faol ishtirok etishga astoydil intilaman. Adabiyotga qiziqishim juda yuqori. Qissa, roman va hikoyalar o‘qish jon-u dilim. She’rlar mashq qilib turaman. Kitob, Vatan, kasblar, oilamiz, bahor, tabiat haqida yozganlarimni “Qaldirg‘och” nomli ilk she’riy to‘plamimga jamladik. Mazkur to‘plamimni tengdoshlarimga tuhfa etaman.

Iroda AKRAMOVA,
Uchqo‘rg‘on tumanidagi 14-umumta’lim maktabining 5-sinf o‘quvchisi