Sumalak haqida nimalarni bilamiz?

Xalqimizning eng sevimli milliy taomlaridan biri sumalak bug‘doy doni ko‘katidan tayyorlanadi. Uning sir-asrorini bilguncha juda ko‘p vaqt kuzatuvlar olib borilgan.
Ko‘p asrlar davomida uni tajribada sinab, tekshirib, sumalak­ning shifobaxshligiga ishonch hosil qilingan. Buni his etgan barcha, katta-kichik, uni tanovul qilishga shoshiladi. Xususan, qishdan-bahorga chiqish — darmonsizlik paytida bu ne’mat o‘ziga xos kuch vazifasini ham o‘taydi.
Bahorning shifobaxsh taomi qonimizni tozalab, jismimizni tetiklashtirib, kuch-quvvatimizni oshirar ekan.
Sumalakda shakar moddasi, oqsil, foydali javharlar (kislota), darmondorilar mo‘l bo‘lishi fanda ham tasdiqlangani juda quvonarli.
1936-yilda bug‘doy o‘simtasini tekshirgan Emerson va ­Evans ismli nemis olimlari bug‘doyda tokoferol moddasi borligini aniqlashgan va u jenshen tarkibida uchraydigan Ye vitaminining o‘zginasi ekanligini isbotlagan ekanlar.
Olimlarning ta’kidlashicha, sumalak gipertoniya, gepatit, buyrak, me’da-ichak xastaliklariga davo bo‘lib, qon tarkibi­ni yaxshilab, me’da-ichak faoliyatini me’yorga keltiradi. Asabni tinchlantiradi, yaxshi uxlatadi. Shuning uchun sumalakni ko‘p miqdorda iste’mol qi­lish foydadan xoli bo‘lmas ekan.

Inomjon NABIYEV,
Mingbuloq tumanidagi 16-umumta’lim maktabi­ning 8-sinf o‘quvchisi