Til bilimdonlari

O‘quvchi-yoshlar kamolida ular­ning bilim-ko‘nikmalarini kengaytirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sinflararo o‘zaro do‘stlik va hamjihatlik muhitini shakllantirish, ona tiliga bo‘lgan mehr-muhabbatni oshirish muhim o‘rin tutadi. Ana shu maqsadda har yili an’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan “Til bilimdonlari” ko‘rik-tanlovi­ ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Unda ishtirok etgan 4 ta jamoa 3 ta shart bo‘yicha kuch sinashdilar. Tanishtiruv, devoriy gazeta tayyorlash, sardorlar bellashuvi kabi qiziqarli yo‘nalishlarda bahs olib borgan jamoalarning barchalari faollikni qo‘ldan bermadilar.
- Mazkur tanlov menda juda katta taassurot qoldirdi. O‘zim kabi ishtirokchi tengdoshlarim bilan do‘stlashdim. Ular bilan fikrlar almashdik, bilimla­rimizni boyitdik, - deydi, Namangan shahridagi 18-DIMIning 8-sinf o‘quvchisi Gulizoda Damirova.
Musobaqa so‘nggida Namangan shahridagi 1-DIMIning “Iqtidor” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Shohista ERMATOVA,
VXTB uslubchisi