Quyosh sistemasining tuzilishi

Ilm maskanimizda deyarli barcha fanlarda innovatsion mashg‘ulotlar tashkil etamiz. Yangicha yondashuv va tashab­buslar, ayniqsa, darslari­mizni yanada maroqli o‘tishini ta’minlaydi. Fizika fani o‘qituv­chisi Sardorbek Bo‘tayev rahbarligida tashkil etilgan “Quyosh sistemasining tuzilishi” mavzuidagi innovatsion dars ham biz uchun katta bilimlar manbai bo‘lib xiz­mat qildi. Tabiatda kuzatiladigan qiziqarli va ajabtovur o‘zga­rishlar, eng uzun kun, eng uzun tun, kun va tunning tenglashishi haqidagi ma’lumot­larni bilib ol­dik. Qolaversa, qu­yoshning koinot va sayyoralar­aro o‘rni va ahamiyatini yanada to‘liqroq tushundik. Shu kuni barchamiz go‘yoki chinakam fizik olim va olimalarga aylandik.

Nigina BAHODIROVA,
Namangan shahridagi 64-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi