Qitoblar - bilim manbai

Erta tongdanoq axborot-resurs markazining gavjumligi ko‘ngilni yashnatadi. Viloyatimizning barcha hududlaridan kelgan o‘quvchilar yangi adabiyotlarni varaqlab, zavqlanadilar. Respublika bolalar kutub­xonasi tomonidan viloyat axborot-resurs markaziga keltirilgan 30 nomdagi badiiy kitoblar shuningdek, 40 nomdagi audio kitoblar taqdimotiga bag‘ishlangan “Kitob - qalb quyoshi” nomli musiqali adabiy kecha barchaga birday manzur bo‘ldi. Unda kitobsevar o‘g‘il-qiz­lar bilim, odob haqidagi she’r va qo‘shiqlar ijro etdilar.
- Kitoblar bayramiga kelganimdan judayam xursandman. Bu yerda sevimli ijodkorlarim Oybek, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Xudoyberdi To‘xtaboyev kabi o‘zbek adabiyotining daholari tomonidan yozilgan nodir asarlarni topish imkoniga ega bo‘ldim. Tadbir davomida zavqlandim-yayradim, - deydi, Mingbuloq tumanidagi 13-umumta’lim maktabining 5-sinf o‘quvchisi Zarifa Eshboyeva.
O‘g‘il-qizlar bo‘sh vaqtlarini sermazmun o‘tkazishlari uchun yaratilgan sharoitlardan bir olam zavq oldilar.

Xudoyberdi HAKIMOV,
Pop tumanidagi 1-umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi