Biologik rekordlar

Dunyodagi eng katta sut emizuvchi hayvon ko‘k kitdir. Uning og‘irligi 150 tonna, uzunligi 30 metrgacha boradi. Bir kecha kunduzda 2 - 4 tonna ozuqa yeydi. Ajablanarlisi, ko‘k kitning tishlari bo‘lmaydi, u faqat planktonlar bilan oziqlanadi.
Dunyodagi eng katta yong‘oq beruvchi daraxt Seyshel orolida o‘sadigan seyshel palmasi bo‘lib, uning har bir mevasi 13 - 25 kilogrammgacha tosh bosadi.
Dunyodagi eng katta toshbaqa dengiz toshbaqasidir. Uning og‘irligi 300 kilogrammni tashkil qiladi.
Eng katta akula kitsimon akula bo‘lib, uzunligi 12 - 20 metrni, og‘irligi 15 - 20 tonnani tashkil qiladi.
Eng kichik akula esa tikanli akuladir. Uning uzunligi bor-yo‘g‘i 40 - 45 santimetr.

Dunyodagi eng ko‘p elektr tokini ishlab chiqaradigan hayvonlar tropik dengizlarda uchraydigan kichikroq skatlar bo‘lib, 70 Vt kuchlanishli elektr zaryadi hosil qiladigan a`zosi bor.

Dunyodagi eng katta kurakoyoqli – morj bo‘lib, tanasining uzunligi 4 metrga, vazni esa 2000 kilogrammga yetadi. Uning yuqori jag‘ida pastga qarab o‘sgan 40-70 santimetrli tishi bor.