MEN ANGLAGAN SIYMO

Men eshitgan, o‘qigan afsona va haqiqatlarga ko‘ra Mushtariy va Zuhro yulduzi yuz yilda bir marotaba to‘qnashib o‘tib ketadi. Ana shu lahzada dunyoga kelgan inson kelajakda buyuk ishlarga qodir bo‘lishi aytiladi. Bunday insonlarni esa Sohibqiron deb atashgan. Tarixda faqat uchta shaxs sohibqiron maqomiga sazovor bo‘lib, ulardan biri Amir Temur edi. Amir Temur yuksak aqliy salohiyat sohibi, buyuk sarkarda hamda shatranj ustasi edi. O‘sha davrning buyuk davlat arboblari, shuningdek, Boyazidni ham mag‘lub eta olgan.
Amir Temurdagi yuksak insoniylik, chuqur bilim, olijanoblik kabi fazilatlar doimo namoyon bo‘lgan. Shuningdek, u davlat ishlarini yuritishda rafiqasi Bibi­xonimning maslahatlariga ham tayangan. U egallagan yurtlarda madaniyat ravnaq topib, odamlar ma’naviyat sari intilganlar. Buyuk sarkarda o‘zining davlat boshqarish usullarini “Temur tuzuklari”da mujassamlagan. Hozirga qadar mazkur kitob bizlar uchun dasturil amal bo‘lib xizmat qilib kelmoqda. Buyuk sarkarda 27 ta davlatni birlashtirib, ular ustidan adolatli hukmronlik qilgan.

Oydina OLIMOVA,
Uychi tumanidagi 21-umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi