BILIMDONLAR BAHSI

Har jihatdan kuchli, bilimli va yetuk avlodni kamol toptirish uchun ularning ilmu iqtidorini yuksaltirib borish zarur. Bu borada esa iste’dodlar sinovi bo‘lgan fan olimpiadasi va “Bilimlar bellashuvi”ning ahamiyati katta.
Kelajagimiz egalarining ilmu iqtidorini yanada mustahkam­lash, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, fanlarni mukammal o‘rganishga ruhlantirish maqsadida fan olimpiadalarining navbatdagi viloyat bosqichi o‘tkazildi. Olimpiadaning viloyat bosqichida tanlovning tuman-shahar bosqichlaridan saralab olingan 9-, 10-, 11- sinlardan jami 1662 nafar o‘quvchilar 20 ta fan yo‘na­lishi bo‘yicha ishtirok etdilar.
Umumta’lim fanlari bo‘yicha o‘tkazilgan mazkur bilimlar bahsida jami 152 nafar o‘quvchi g‘olib deb topildi. Olimpia­daning viloyat bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 43 nafar 11-sinf o‘quvchilari bilimlar bahsining respublika bosqichida ishtirok etadilar.

O‘z muxbirimiz