Xalqaro tanlovdan “GRAN-PRI” bilan

Musiqa va raqs bolaligimdanoq hayotimning ajralmas qismiga aylangan. Sho‘x musiqa ohangini eshitishim bilan beixtiyor harakatla­rim raqsga uyg‘unlashib ketadi. 5-6 yoshimdan mumtoz va zamonaviy raqs sir-asrorlari­ni puxta o‘zlashtirib kelyapman. Tamaraxonim, Rushana Sultonova kabi milliy raqs san’ati darg‘alari mening orzularim timsoliga aylangan. Ular kabi yuksak g‘alabalarni qo‘lga kiritish uchun astoydil intilyapman. O‘tgan yillar davomida respublika va viloyatimizda o‘tkazilgan ko‘plab tadbir va tanlovlarda faol ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdim. Xususan, mamlakatimiz mezbonlik qilgan “Butun yuragingdan o‘yna” shiori ostidagi Xalqaro raqs tanlovida milliy raqs yo‘nalishi bo‘yicha qat­nashdim. Qozog‘iston, Rossiya hamda mamlakatimizdan 200 dan ortiq ishtirokchilar qatnashgan tanlovda eng oily sovrin “Gran-Pri” sohibasiga aylandim. Bu xalqaro maydondagi yutuqlarim debochasi bo‘ldi va menga ulkan mas’uliyat, ilhom bag‘ishladi. Kelajakda esa diplomatiya sohasida faoliyat ko‘rsatishni o‘z oldimga maqsad qilib qo‘yganman.

Iroda UMAROVA,
Namangan shahridagi 58-DIUMning 9-sinf o‘quvchisi