Marvarid shodasi

Ko‘rkam ko‘klam kunlari. Mayin shamol chaqaloq maysani yuzlaridan silab uyg‘otadi, erkalaydi. Mitti binafshaning ajib tarovati olamni tutib ketadi. Buni esa faqatgina shoir qalbigina his beta oladi. Bolaligim so‘lim Oqtomning bog‘-rog‘lari uzra ko‘klam nafasiga uyg‘unlashgan 18-umumta’lim maktabida mehribon va jonkuyar ustozlarim bag‘rida o‘tmoqda. Ilm dargohim men uchun chinakam bilimlar manbai bo‘libgina qolmay, iqtidorimni yuzaga chiqarishim uchun talay imkoniyatlarni bermoqda. Dars­dan bo‘sh paytlarimda kutubxonaga oshiqaman. She’rlar mashq qilaman. Bizga ona tili va adabiyot fanidan saboq beradigan ustozim M . Mirzoqulova hamda sinf rahbarim Malika Bozorovaning ko‘maklari bilan yozgan she’rlarimni “Marvarid shodasi”ga jamladik. Ijod olamidagi ilk kitobim yangi marralarni zabt etishim, astoydil izlanib, ijod qilishim uchun katta kuchdir.

Marjona TO‘XTASINOVA,
Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 18-umumta’lim maktabining 7-sinf o‘quvchisi