Vatan tarannumi

Bolalik olami alohida bir mo‘jiza. Ular bilan yashash, istaklari kabi beg‘ubor orzular qilish, olam-olam zavq tuya olish faqatgina jajji qalb egalarigagina xos bo‘lgan fazilatdir. Yonib turgan ko‘zlariga boqib chinakam hayotning ma’nosini tuyasan kishi. Kuni kecha o‘zim rahbarlik qilayotgan 4-“B” sinf o‘quvchilari bilan birgalikda ta’lim maskanimizda ona yurtimiz madhini tarannum etuvchi “O‘zbekiston - Vatanim manim” shiori ostida tantana tashkil etdik. Unda sinfning barcha o‘g‘il-qizlari faollik ko‘rsatdilar. She’rlar yod olib, qo‘shiqlar kuylashdi. Nafosat va nazokat bilan raqslar ijro etildi. Ayniqsa, Saida Baxtiyorova, Oisha Mahmudova, Foziljon Obidov, Sabrina Nurmatjonova, Aziza Mahmudjonova, Maftuna Murodullayevalarning ingliz, rus, fransuz, tojik, qirg‘iz tilida ijro etgan she’r va maqollari barchada katta qiziqish uyg‘otdi. Qolaversa, bolajonlar istiqlol ne’matlari, keng, yorug‘ va shinam xonalarda tahsil olayotganliklari uchun minnatdorlik ramzi sifatida faqat va faqat a’lo baholarga o‘qishga va’da berdilar.

Nilufar ASHURBOYEVA,
Namangan shahridagi 57-umumta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi