INSON AZIZ-XOTIRA MUQADDAS

Biz chin ma’noda baxtiyormiz. Inson qadri ulug‘langan, xotirasi sarbaland yurtda yashaymiz. Bugunimiz kechagi kundan yorug‘, ertamiz yanada fayzli. Navqiron avlod e’zozda, e’tiborda, yoshi ulug‘lar ehtiromda. Xalqimiz - ozod, yurtimiz - obod. Shunday aziz di­yorda yashamoqlik, yuksak marralarni zabt etmoqlik saodat. Bugun yurtimizdagi har bir o‘g‘il-qiz doril­omon kunlar shukuhi ila baxtli. Shunday tabarruk kunlarni qadrlab, intilish va izlanishda.
Ta’lim maskanimizda tahsil olayotgan eng faol o‘quvchi yoshlar ish­tirokida “Inson - aziz, xotira - muqaddas” ­shiori ostida o‘tkazilgan tadbir ham oso­yishta kunlarga shukronalik­ni ifodaladi. Unda o‘quv­chilar tomonidan tinchlikni tarannum etuvchi she’r qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari maroq bilan ijro etildi. Ayniqsa, “Sen yetim emassan” nomli kichik teatr namoyishi barchaga birday ma’qul bo‘ldi. Ko‘zlari yonib turgan o‘quv­chilarda tadbir unutilmas taassurot qoldirdi

Saydullo JO‘RAYEV,
Namangan shahridagi 18-DIMIning tarix fani o‘qituvchisi