Qiziqarli va foydali

Yo‘l qoidalari, shuningdek, harakat xavfsizligiga to‘liq rioya etish haqidagi bilimlarimizni maktabimizda “Yo‘l harakati qoidalari” darslari orqali muntazam o‘rganib kelamiz. Ko‘chalarda tartib bilan harakatlanish, chorrahalar, yo‘l belgilari hamda svetaforlarning vazifalari xususida ham ko‘rgazmali chiqishlar orqali o‘rganmoqdamiz. Kuni kecha ilm maskanimizda tuman ichki ishlar bo‘limi, yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi, vatanparvar o‘quv-texnika maktabi bilan hamkorlikda “Umumta’lim maktablari o‘quvchilariga yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatish” mavzuida o‘quv-seminari tashkil etildi. Unda tumanimizdagi 63 ta umumta’lim maskanlaridan vakillar qatnashdilar. Maktabimizda tashkil etilgan ko‘rgazmali mashqlar davomida har bitta yo‘l belgisining maxsus vazifalari hususida o‘rganib olishga muvaffaq bo‘ldik.

Dilafruz BAHROMXONOVA,
Pop tumanidagi 7-umumta’lim maktabi­ning 11-sinf o‘quvchisi