DIQQAT KO‘RIK-TANLOV!

Aziz o‘quvchilar, hurmatli ota-onalar, hamkasblar!
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Ros­siya Federatsiyasining Maorif vazirligi bilan hamkorlikda “Sog‘lom ovqatlanish - faol turmush tarzi” aksiyasining “Birgalikda amalga oshiramiz” loyihasi doirasida xalq ta’limi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Lider” ko‘rik-tanlovi boshlanganligi haqida ma’lum qiladi.
Ko‘rik-tanlov 2019-yilning 1-mayidan 20-mayigacha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-11-sinf o‘quv­chilari o‘rtasida o‘tkaziladi. Tanlov yakunlariga ko‘ra 30 nafar g‘oliblar “Artek” Xalqaro bolalar markaziga yo‘llanmani qo‘lga kiritadilar!
Batafsil ma’lumotni http://www.doit-together.uz sayti orqali hamda umumta’lim maktablari rahbariyatidan oli­shingiz mumkin.
Ko‘rik-tanlovda ishtirok etish bepul.
Tanlov rus tilida olib boriladi.

Ko‘rik-tanlov tashkiliy qo‘mitasi,
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi