ZUKKO BOLALAR BELLASHDILAR

9-May - Xotira va Qadrlash kunini munosib kutib olish, o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish bilan birga, ularni sportga oshni etish maqsadida viloyat “Barkamol avlod” bolalar markazida shaxmat bo‘yicha mintaqaviy ochiq birinchilik musobaqalari tashkil etildi. Unda 8-, 10-, 12-,14-umumta’lim maktablari hamda xususiy maktablarning 14 - 16 yoshdagi o‘quv­chilari, “Barkamol avlod” bolalar markazlari to‘garak a’zolari hamda Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan iborat jami 150 dan ziyod o‘g‘il-qiz­lar ishtirok etdilar. Musobaqa aylanma hamda shved sharcha usulida tashkil etilib, eng kuchlilar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

O‘z muxbirimiz