CHORTOQLIK CHEMPIONLAR

Sport - salomatlik garovi. Kimki, sport bilan muntazam shug‘ullansa, ham jismonan, ham aqlan yetuklikka erishadi. Chortoq tumanidagi 29-umumta’lim maktabining sportsevar o‘quv­chilari ham ana shunday barkamol ulg‘aymoqdalar. Mazkur ta’lim maskanida tahsil olayotgan 2-sinf o‘quvchisi Barkamol Abdumutalov hamda 1-sinf o‘quvchisi Javlonbek Olimjonov yaqindagina Toshkent shahrida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib qaytdilar. Quvonarlisi, yangi o‘quv yili­da mazkur ta’lim maskani o‘quvchisiga aylanadigan Firdavs Zi­yoxo‘jayev ham mazkur chempionatda ishtirok etdi. U endigina 7 yosh bo‘lishiga qaramay, akasi Barkamol Abdumutalov kabi “O‘zbekiston chempion”lari safidan joy oldi. 200 dan ortiq o‘quv­chi ishtirok etgan chempionat barcha sportchilar qalbida iftixor tuyg‘ularini uyg‘otdi.

Elyor ABDULVOHIDOV