Nima mazaliroq

Kunlardan bir kuni hovlidagi jonivorlar bahslashib qolishibdi. Hammalari o‘zlaricha tortishib ketibdilar. Shunda sigir: - Bahsla­shishga topgan mavzuingizni qaranglar. Axir bu juda oddiy-ku, dunyoda yam-yashil maysalardan ko‘ra totlisi bormi deya yerga mehr bilan boqibdi. Uning gapini yuvvosh qo‘y ilib ketibdi. Nazarimda eng mazali taom bu pichan. U bilan rohatlanasan, mazasi ham og‘zingda qoladi, dedi marab. Shunda ochiq derazadan ularni gapiga quloq tutib turgan mosh yaltoqlanib kelibdi-da, sigirga bir qarab qo‘yib, eng lazzatli taom sut va go‘sht ekanini ta’kidlabdi. Bu gapni eshitgan it darg‘azab ohangda, - Ey ahmoq­lar, dunyoda suyak degan narsani eshitganmisizlar, - deya vovullay ketibdi. Shu payt eshik ochilib, uy egasi safardan qaytibdi. Sahroda charchagan tuya o‘g‘ilxonaga o‘tib ketayotib, hayvonlarning bahsi ustidan chiqibdi. Shunda u yaqindagina sahroda yegan yantoq haqida to‘lqinlanib so‘zlab beribdi. Hayvonlar baribir bir qarorga kela olmabdilar. Hammalari o‘zlari ma’qul deb topgan taomlarini tanovul qilishda davom etibdilar.

Azizbek ESONBOYEV,
Pop tumanidagi 57-umumta’lim maktabi­ning 4-sinf o‘quvchisi