ZIYOGA CHORLOV

Bugun kelajagimiz egalarining yuksak bilim, teran tafakkur va serqirra iste’dod sohiblari bo‘lishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Xususan, chet tillarini puxta o‘zlashtirgan, zamonaviy bilim ko‘nikmalarini egallashga intilgan yoshlar nafaqat yurtimizdagi, balki chet eldagi nufuzli ta’lim maskanlarida ham tahsil olib qaytmoqdalar. Kuni kecha Rossiya federatsiyasi Janubiy-Ural Davlat Universiteti delegatsiyasi vakillari namanganlik yoshlar bilan uchrashib, o‘g‘il-qizlarni universitetida tahsil olishga taklif etdilar. Uchrashuv davomida oliy o‘quv yurtida yaratilgan shart-sharoitlar, yo‘nalishlar, mutaxxasisliklar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Seminarda ishtirok etgan 300 nafardan ziyod 11-sinf o’quvchilari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga dele­gatsiya vakillari, o‘qituvchilardan javoblar oldilar, istiqboldagi rejalari xususida samimiy o‘rtoqlashildi.

O‘z muxbirimiz