QO‘LINGDA - IMKON, SENIKI - ZAMON

Jajji qo‘lchalari, marvarid ko‘zlari, tabassumimizga sabab bo‘ladigan beg‘ubor harakatlari bilan olamni baxtga burkab turgan bolakaylarning quvonchiga nima yetsin! Kuni kecha To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 48-maxsus maktab internatida bo‘lib, ana shunday beg‘ubor qalb egalariga quvonch ulashdik. Viloyat “Barkamol avlod” bolalar markazining raqs, to‘qish hamda ingliz tili to‘garagi a’zolari ishtirokida o‘tkazilgan musiqali kechada dilbar taronalar, ko‘ngil­ochar o‘yinlar, bir-biridan qiziqarli va maroqli savol-javoblar uyushtirildi. Kechaga yanada fayz ulashish maq­sadida Namangan hamda To‘raqo‘rg‘on tumani “Barkamol avlod” bolalar markazlari o‘quvchilari maktab-internat o‘quvchilariga sovg‘a tariqasida raqslar ijro etdilar, shu­ningdek, o‘zlarining qo‘l mehnati asosida yaratilgan ijod namunalaridan tuhfa etdilar. Bayram tadbiri bolajonlarning quvnoq tabassumlariga uyg‘unlashib ketdi.

Ulug‘bek MAMADALIYEV,
viloyat “Barkamol avlod” bolalar markazlari madaniy-ommaviy tadbirlar tashkilotchisi