G‘ALABA BIZGA HAMROH

Bolaligimizdan doimo ham ma’nan, ham jismonan sog‘lom bo‘lishimiz uchun sport bilan juda ko‘p shug‘ullanishimiz kerakligini uq­tirishgan. Albatta, bu nafaqat sog‘lom va barkamol voyaga yetishimiz qolaversa, o‘zimizni va atrofimizdagilarni ham himoya qilishimiz, o‘rni kelganda qutqarishimiz uchun ham juda muhim ahamiyat kasb etishini “Yosh qutqaruvchi” respublika ko‘rik-tanlovida ishtirok etib yana bir bor tushunib yetdim. Mazkur tanlovning mamlakat bosqichida jami 14 ta jamoadan 100 nafardan oshiq o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdik. Jasurlik bahsida tibbiy yordam ko‘rsatish, estafeta, palatka yig‘ish kabi bir-biridan qiziqarli shartlar asosida bahs olib bordik. Qoraqalpog‘iston respublikasida o‘tkazilgan tanlovning yakuniy bosqichida ham kuch sinashdik, ham do‘stlashdik. Bizning “Haloskor” jamoamiz yakuniy natijalarga ko‘ra 3-o‘ringa loyiq topildi shuningdek, “Eng yaxshi kiyim”, “Eng bilimdon jamoa” nominatsiyalari bo‘yicha “Gran Pri” sohibi bo‘ldik.

Fatxulla G‘ULOMJONOV,
Kosonsoy tumanidagi 30-umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi