Matematiklar “jangi” tomon

Deyarli har bir kunim, har bir o‘tayotgan daqiqam alohida kun tartibi, qat’iy belgilangan vaqt prinsipiga asoslanadi. Shundan bo‘lsa kerak, kun davomida rejalashtirgan ishlarimning barchasini a’lo yakunlayman. Bu men uchun bolalaigimdanoq shakllangan yoqimli mashg‘ulotga aylangan. Mana shunday tarzda izlanayotganim sabab matematika faniga qiziqishim yanada ortgandir. Eng muhimi, endi men bu fan bilan chin do‘stman. Maktabdagi mashg‘ulotlar bilan cheklanib qolmay qo‘shimcha bilim egallash maq­sadida ustozim Salim Ziyayev bilan har kuni 2 - 3 soat shug‘ullanaman. 5-sinfdan buyon mazkur fan yuzasidan bilimlar bellashuvi, fan olimpiadalarida faol ishtirok etib kel­yapman. Joriy yil esa menga katta muvaffaqiyat eshigini ochdi. Iyul oyida Singapurda o‘tkaziladigan Janubiy Shimoliy Osiyo maktab o‘quvchilari uchun yirik matematiklar olimpiadasida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdim. Hozirda xalqaro maydonda bo‘ladigan matematiklar­ning chinakam “jangi”ga hozirlik ko‘ryapman.

Hamidullo ABDURAHMONOV,
Chust tumanidagi 64-umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi