Hayajonli kun

Erta tongdanoq maktabimiz hovlisi gullar, rang-barang sharlar bilan bezangan. Ha, aytgancha, axir bugun “So‘nggi qo‘ngiroq” tantanasi bo‘ladiku. 11-sinfni tamomlayotgan aka-opalarimning yuzlarida hayajon. Maktabimizning 11-“A” sinfida men biladigan va yaqindan taniydigan Akram aka ham bugun shodiyonada qatnashsa kerak. Ochig‘i erta tondanoq ularni bayram bilan tab­riklash uchun izlab yuribman. Biroq tadbir taraddudi bilan bo‘lib kela olmaganlar shekilli hamon uchrata olmadim. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay kunning asosiy sababchilari maktab hovlisida jamlandilar. Ha, ana Akram aka ham ularning safida turibdi. Chopib borib ularni qutla­dim. Birinchi marotaba ularning ko‘zlarida o‘zgacha hayajonni ko‘rdim. O‘sha kuni tushundimki, yillar davomida bir-biriga aka-uka, opa-singilday bo‘lib kelgan qadrdonlar bir-birlarini yo‘qotgisi kelmay chekayotgan iztirob ekan aslida ko‘zlaridagi. Bu yilgi so‘nggi qo‘ng‘iroq jarangi bir umrga quloqlarim ostida jarang­lab turadiganday tuyuldi nazarimda.

Anvarjon HAKIMOV,
Namangan shahridagi 70-umumta’lim maktabining 5-sinf o‘quvchisi