Hayot qo‘ng‘irog‘i

Maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” sadolari yangradi.
Eh, bizni dars boshlangani yoki tugagan haqida ogohlantirib turgan qo‘ng‘iroq. Men uchun qadrdonsan.
Darsga kech qolsak, sen bizni doim kechirgansan.
Bugun sen biz­larni yaxshi hordiq chiqarishga chorla­yapsan.
So‘nggi qo‘ng‘iroq! Sen bizlarga o‘quv yili tugagani haqida xabar berasan.
Bitiruvchi, opa-akalarimga-chi? Ular uchun sen endi hayot qo‘ng‘iroqg‘isan.
Bitiruvchilar, sizlar uchun hayot qo‘ng‘irog‘i chalinmoqda. Agar kech qolsangiz, u sizni avvalgiday kechirmasligi mumkin. Shu bois faqat va faqat olg‘a intiling.

Madina YUSUFJONOVA,
Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 6-umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi