RAQAMLAR SALTANATIGA SAYOHAT

Maktabimiz matematika va ingliz tiliga ixtisoslashgan.Hatto yoz oylarida ham maskanimizda to‘garak mashg‘ulotlari o‘tiladi. Biz o‘quvchilarni mustaqil mantiqiy fikrlashga, tezkorlikka, zukkolikka o‘rgatish murabbiy­larimiz uchun birinchi o’rinda turadi.
Xalqimizda “Etti o‘lchab bir kes”, “Yigit kishiga qirq hunar oz”, “Ikki yorti bir butun”, “Bilagi zo‘r birni yengar, Bilimi zo‘r mingni”,”Oyning o‘n beshi qorong‘u, o‘n beshi yorug‘“ singari raqamlar asosiga qurilgan maqollar juda ham ko‘p.
Ta’tilning ilk kunlaridayoq maktabimizning katta hovlisida “Raqamlar saltanatiga sayohat” deb nomlangan ada­biy-badiiy kecha o’tkazdik. Boshlang‘ich sinf o‘qituv­chisi Rahmatoy Turabbayeva rahbarligida tayyorlangan ushbu tadbirda har birimiz raqamlar sirlari haqida so’zlab berdik. Yana yozgi ta’til, oromgohlar haqidagi she’r qo’shiqlar ham ijro etdik.

Iroda MAMAJONOVA,
Namangan shahridagi 58-maktab o‘quvchisi