Eng faol kitobxonlar taqdirlandi

Prezidentimizning kitob va kitob­xonlik ravnaqiga qaratilgan qaror va farmonlari, farmoyishlari asosida butun mamlakatimizda bo‘lganidek, viloya­timizda ham ko‘plab ezgu ta­shabbuslar amalga oshi­rilmoqda.
Xususan, shu yilning boshida “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat Kengashi tomonidan “Kitob - ma’naviy boyliklar durdonasi” lo­yihasi e’lon qilingan edi.
O‘quvchi-yoshlar orasida kitobxonlikni targ‘ib etish, ularni mutolaaga oshno qilish va bu boradagi tashabbuslarini rag‘batlan­tirishga qaratilgan loyihada viloyatimizning barcha shahar va tumanlaridan yuzdan zi­yod eng kitobxon, eng zukko yoshlar ishtirok etdilar. Ular orasidan kitobga oshnolik va ushbu bebaho ma’naviy xazinadan olam-olam taassurotlar olayotgan 43 nafar iste’dodlar g‘olib deb topilib, tashkilotchilar tomonidan kitoblar jamlanmasi hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Yorqinoy ISMONOVA