KELAJAK SARI BESH QADAM

Mamlakatimizda ertangi kun egalarining hayoti va kamoliga, ularning iqtidor va qobiliyatlarini yuzaga chiqarishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan 5 muhim tashabbus bu boradagi sa’y-harakatlarni yangi bosqichga olib chiqdi. Uychi tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar markazi tashabbusi bilan besh tashabbus doirasida “Umid nihollari” oromgohida o‘tkazilgan tadbir o‘g‘il-qizlarning yozgi tatil onlari ham jo‘shqin, ham qiziqarli o‘tishiga xizmat qildi. 2-mavsumda dam olayotgan 200 nafar bolajonlar ham ko‘ngilochar tadbirlardan bir olam zavq oldilar. Bir-biridan qiziqarli sport o‘yinlari, qo‘l mehnatiga oid ko‘rgazmalar, musiqiy chiqishlar, she’r, ko‘shiq hamda raqslar ijrosi jajji qalb egalariga sevinch ulashdi. Tadbir so‘nggida faol ishtirokchilar faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Ahamiyatlisi shundaki, besh tashabbus ijrosi bo‘yicha oromgohda tashkil etilgan doira, raqs, tasviriy san’at, gimnastika, kurash, tikuvchilik, pazandachilik to‘garaklari shuningdek, 3D printerda innovatsion ishlar yaratish markazi, 3 mingdan ziyod yangi adabiyotga ega kutubxona o‘quvchilar uchun xizmat qilmoqda. Oromgohdagi yozgi ta’til kelajagimiz egalariga ham dam olishlari, ham yangi bilimlar egallashlari uchun behisob imkoniyatlar taqdim etmoqda.

O‘z muxbirimiz