Moziyga sayohat

Tarix - kelajak oynasi. Unda buyuk ajdodlarimiz o‘tmishi, ezgu ishlari, bizlarga qoldirgan ma’naviy me’rosi haqida o‘qib o‘rganamiz. Shuningdek, qadimiy davr tarixi ham bir-biridan qiziqarli ma’lumotlarga boy ekanini viloyat “O‘lkashunoslik” muzeyiga tashrif buyurganimizdan so‘ng yana bir bor bilib oldim. Zavqli ta’til kunlarimizga yanada mazmun bahsh etish maqsadida uyushtirgan sayohatimiz ham quvonchli, ham foydali bo‘ldi. Ustozimiz Hamida Mirzaliyeva rahbarligida viloyatning diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurdik. Har bir manzil haqida chuqur bilimga ega bo‘lish barobarida, bir olam taassurotlarga ham ega bo‘ldik. Viloyatimiz markazidagi muzeyda 6 ta bo‘lim, mingdan ziyod eksponatlarning tarixi haqidagi qiziqarli manbalarni ko‘rishga muvaffaq bo‘ldik.

Maqsudbek MUXTOROV,
Norin tumanidagi 43-umumta’lim maktabi­ning 7-sinf o‘quvchisi