G‘aroyib BOLALAR o‘lkasidan XAT

Assalomu alaykum, qadrli tengdoshim!
Yoz fasli biz uchun o‘z­gacha shodlik va shukuh olib keladi. Biz uchun bu faslda darslar va uy vazifalaridan ozod bo‘lgan ta’til kunlari boshlanadi-da. Endi vaqtimizni oromgohlarda dam olib, buvi va buvajonimizni ko‘rish uchun tog‘lar bag‘ridagi qishloqqa chiqib, kitoblar mutolaasi bilan shug‘ulla­nib o‘tkazishimiz mumkin. Yozda, ayniqsa, so‘lim qishloqda tengdoshlaring bilan qiziqarli o‘yinlar o‘ynash ham bir olam zavq beradi.
Sen yozgi ta’tilni qanday o‘tkazishni rejalashtirgansan? Allaqachon oromgohda dam olishni boshlab ham yuborgandirsan balki. Qishlog‘imizning keksa nuroniylari har gal bizni ko‘rishganda “g‘aroyib bolalar” o‘lkasida yashaymizda, deya quvonib gapirishadi. Ana shu o‘lkadagi bolalar bilan ta’tilni qanday o‘tkazishni kun tartibini tuzib chiqdik. Ajoyib rejamni sen bilan o‘rtoqlashaman.
- Sport bilan shug‘ulla­nish;
- Asfaltga rasm chizish;
- Velosiped va roliklarda uchish;
- Taomni onajonimiz bilan birgalikda tayyorlash;
- Sog‘lom bo‘lish uchun har kuni maxsus va xavfsiz cho‘milish xavzalariga borish;
- To‘garaklar.
Xullas, ana shunday tarzda o‘tkazilgan ta’til senga ham yoqishiga ishonchim komil. Sen ham bularni boshqa do‘stlaringga ulashib, ko‘plab bolalarning ta’tillariga zavq bag‘ishlashing mumkin.
Yana senga maktublar yo‘llab turaman, ko‘rishguncha!!!

Mufazzar BOTIROVA,
Pop tumanidagi 16-DIMIning 6-sinf o‘quvchisi