Yo‘l qoidasi - umr foydasi

Xalq ta’limi vazirligi bilan Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi hamkorligida o‘quvchi-yoshlarga yo‘l harakati qoidalarini mukammal o‘rgatish, ularda mazkur fan bo‘yicha bilim-ko‘nikmalarini oshirish maqsadida har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Yashil chiroq” respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi viloyat “Vatanparvar” tashkilotida alohida tayyorgarlik hamda uyushqoqlik bilan tashkil etildi. Unda Kosonsoy tumanining “Yashil chiroq”, Namangan tumanining “Yosh nazoratchilar” hamda Norin tumanining “Targ‘ibot” jamoalari piyodalar harakatiga oid savollar, yosh velosipedchilar musobaqasi, guruh sardorlari bellashuvi, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish kabi 10 ta shart asosida kuch sinashdilar. Bahsda savol-javoblar, bir-biridan murakkab va ayni paytda qiziqarli shartlardan mohirona o‘tgan Kosonsoy tumanining “Yashil chiroq” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va tanlovning mamlakat bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini oldi.

Ilhomjon AKBAROV,
VXTB mutaxassisi