ONA DIYORIM BAG‘RIDA

Jazirama yoz boshlaganganiga ham bir oydan o‘tdi. Orombaxshs ta’til esa bizga zavqli onlarni tuhfa etish bilan band. Salqin va baland tog‘lar bag‘ridagi oromgohlar, qishloqdagi buvi-buvalarimizning mo‘jazgina hovlilari, ona diyorimizning manzarali maskanlari, tarixiy shaharlarimizga sayohat bizga chin ma’noda bolalik quvonchlari, ozod yurtda yashamoq­ sao­datini ulashadi nazarimda.
Bu galgi yozgi ta’tilim menga ham o‘zgacha taassurotlar ulashmoqda. Ayniqsa, yaqindagina yurtimiz bo‘ylab qilgan sayohatimiz davomida tarixiy shaharlarimizning salobatini yanada chuqurroq angladim. Sharq gavhari bo‘lmish Samar­qand, ko‘hna va boqiy Buxoro, o‘zining necha ming yillik azaliy qadriyat va ana’alariga ega bo‘lgan Xiva shaharlari shundoq­qina yuragimga ko‘chganday bo‘ldi. Mana shunday betakror zaminda yashayotganimdan faxrlanib ketdim. Dunyoning qay bir tomonlaridan tashrif buyurgan mehmonlar bilan suhbatlarimiz chog‘ida ham jannatmonand maskanimiz haqida to‘lqinlaib so‘zlab berdim. Ulga’ayib, u tomon yanada yaqinroq borayotgan o‘zim kabi tengdoshlarimga qarab, yurtimizni sevishimni baralla aytgim keldi.

Farzona RO‘ZIBOYEVA,
Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 22-umumta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchisi