ENG YAXSHI DO‘ST

Bu hikoya sahro bo‘ylab ketayotgan ikki do‘st haqida.Ular sayohatlarining ma’lum bir nuqtasiga yetib kelishganda ikki jonajon do‘st janjallashib qolishibdi va ulardan biri sal qiziqqon, serjahl ekan yonidagi do‘stiga tarsaki tushuribdi.
Tarsaki yegan do‘sti qadrdonining bergan zarbidan yuzi qizarib olov chiqquday bo‘libdi. Ammo sekin yerga o‘tirib qumga yoza boshlabdi:
“Bugun mening do‘stim yuzimga tarsaki tortdi”, deb.
Bu hodisadan keyin ular ancha payt gaplashmay ketibdilar. So‘ngra ular bir vohaga yetganlarida tarsaki yegan do‘st cho‘mi­lishga qaror qilibdi va daryoga tushibdi. Tasodifni qarangki, cho‘milishga berilib ketib botqoqlikka yaqin kelib qolibdi va u cho‘ka boshlabdi.
Shu payt yonidagi do‘sti uni qutqarishga yugurib kelibdi va do‘stini qutqaribdi.
Botqoqlikdan qutqarilgan do‘st katta bir xarsang tosh yoniga borib “Bugun meni eng yaqin do‘stim hayotimni saqlab qoldi”, deb yozibdi.
Haligi do‘st bu ikki voqeaga tushunmay yonidagi do‘stidan so‘rabdi.
Do‘stim men senga tarsaki tushirganimda sen borib uni qumga yozding, ammo seni qutqarganimda sen aksincha toshga o‘yib yozding buni sababi nima?
Shunda do‘sti unga javob beribdi: qachonki bizning yuragimizga yaqin insonlarimiz qalbimizni shikastlasa, buni ko‘nglimizga yaqin olmay qumga yozishimiz kerak toki yomonliklar shamollarda uchib ketsin.
Lekin agar kimdir bizga ozgina bo‘lsa-da yaxshilik qilsa, uni toshga muhrlashimiz lozim, toki shamollarda uchib ketmay yuraklarda muhrlansin.

Shahnoza MAMEDOVA
Navoiy viloyati