ZARB-2019

Yosh iqtidor egalarining iste’dodlarini yuksaltirish, qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish hamda ular qalbida musiqa va san’at orqali vatanga muhabbat, yurtga sadoqat tuyg‘ularini uyg‘otish maqsadida har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “Zarb” respublika tanlovining mamlakat bosqichiga Navoiy viloyati mezbonlik qildi. Joriy yilning 18 – 19-iyul kunlari o‘tkazilgan talovning mamlakat bosqichida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda barcha viloyatlardan kelgan 14 jamoa­ning 126 nafardan ortiq yosh san’atsevarlar ishtirok etdilar. Bellashuv yakkaxon hamda jamoaviy tarzda o‘tkazilib, viloyatimiz vakillari ham faol ishtirok etdilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra Norin tumanidagi 16-umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quv­chisi Abbosbek Abdug‘afforov hamda Pop tumani jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.

O‘z muxbirimiz