Tarixdagi eng mashhur “ikkichi”lar

Maktabda yaxshi bahoga o‘qimagan, biroq tarixda nomi qolgan ko‘plab buyuk shaxslar, mashhur yozuvchi, musiqachi va shoirlar bor.
Gimnaziyada Anton Pavlovich Che­xov sinfda qolgan. Boshlang‘ich sinflarda geografiya va hisoblash bilan muammolar yuzaga kelgan. Beshinchi sinfda esa unga yunon tilidan “2” baho qo‘yishgan. Biroq bu unga buyuk yozuvchi bo‘lib yetishishga xalaqit qilmadi.
Uinston Cherchill kuchli xotiraga ega edi. U faqat o‘ziga yoqqan fanlarnigina o‘rganardi. Shuning uchun uning umumiy o‘zlashtirishi u qadar yaxshi bo‘lmagan. Uinstonning otasi va onasi farzandlari yaxshi ta’lim ololmasligidan xavotirga tushishardi. 1953-yilda Cherchill adabiyot sohasida Nobel mukofotini qo‘lga kiritdi. Uning nominatsiyadagi raqobatchisi Ernest Xeminguey edi.
Vladimir Mayakovskiy maktabning faqat 5-sinfini tugatganini ko‘pchilik bilmaydi. Vladimir uchun gimnaziyada o‘qish zerikarli edi. Bundan tashqari, uning oilasi kambag‘al bo‘lgani sabab o‘g‘lining keyingi o‘qishi uchun pul to‘lolmagan.
Kashfiyotchi Tomas Edison maktabda bor-yo‘g‘i 5-sinfgacha o‘qigan. Bu vaqt davomida o‘qituvchilar bolaning o‘zlashtirishini baholab, uning ota-onasiga uyda ta’lim berishni tavsiya etishadi. Ularning fikriga ko‘ra, u umuman qobiliyatsiz edi. Tomasga onasi ta’lim bergan. Natijada Edison dunyoni o‘z kashfiyotlari bilan lol qoldirdi.
Iosif Brodskiy 7-sinfgacha o‘qigan. Algebra, fizika, kimyo va xorijiy tildan baholari “2” edi.
Valter Skott Edinburg kollejiga 1785-yilda qabul qilindi. O‘qishning bir yilidan keyin barcha o‘qituvchilar yigitning o‘qishga qobiliyatini namoyish etmaganini aytishgan. Bu fikrdan keyin Valter kollejdan ketdi va ta’lim olish bilan mustaqil shug‘ullandi.
Tsarskoye selo litseyida o‘qigan Pushkin yaxshi o‘zlashtirmaydigan o‘quvchilardan hi­soblangan. Biroq shunga qaramay u rus va fransuz tillari so‘zlarini yaxshi bilardi. Mate­matikani o‘rganish esa uning uchun oson emasdi.