Sharshara

Bahorning so‘nggi oylari. Jazirama yoz yaqinlashib, kunlar tobora isib borayotgan palla edi. Hovlimizga suv sepib, rayhon iforini tuyib, xa­yollarga berilib o‘tirgan edim. Darvoza ochilib, qo‘shni qiz Shohsanam ko‘rindi. Uning jilmaygan nigohidagi nim tabassum darrov mening ham kulgichimga yuqdi. Salomlashib, uni supachaga taklif qildim. Biroz o‘tirganimizdan so‘ng hafta ohiriga shahar chekkasidagi sharsharani tomosha qilgani ketishayotganini aytib, meni ham taklif qildi. Ochig‘i shunday go‘zal manzarani juda-juda yaxshi ko‘rganim uchun darrov rozi bo‘la qoldim. Xullas, biz kutgan kun keldi. Sayohatbop libosda soyabonlari­miz bilan baland sharsharani ko‘rish uchun keldik. Ba­land va anvoyi gullar bilan bezangan tog‘ bag‘ridan erkalanib oqayotgan suv misoli olmos tomchilarini shundoqqina ustimizga sochayotgandek. Mahallamizdagi dugona qizlar bilan sharsharaning suvlaridan to‘yib-to‘yib ichdik. Yana suratga ham tushib oldik. O‘sha kuni tabiat qanchalik mo‘jiza ekaniga yana bir bor guvoh bo‘ldim. Qalbim tubidagi g‘ashliklarini sharsharaning suvlariga qo‘shib oqizib yubordim.