Obod diyorning muhtasham maskanlari

To‘yga to‘yona bilan bo­rish xalqimizning ezgu an’analaridan biri. Mamlakatimiz mustaqilligi­ning qutlug‘ 28 yillik tantanalari tobora yaqinlashayotgan ayni kunlarda ana shunday azaliy qad­riyatlar keng quloch yozmoqda.
Mamlakatimizda olib borilayotgan bunyodkorliklar, “Obod markaz”, “Obod qishloq” kabi dasturlar ijrosi doirasidagi amaliy sa’y-harakatlar samarasi o‘laroq shahar va tumanlar markazlaridagi ilm-ma’rifat maskanlari yangicha zamonaviy qiyofa kasb etmoqda.
Pop tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar markazi ham “Obod markaz” dasturi asosida taraqqiyot asriga monand muhtasham va ko‘rkam qiyofaga kirdi. Ilmu iqtidorli, iste’dodli yoshlarning sevimli dargohi bo‘lgan maskanda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
1 milliard 426 million 205 ming so‘mlik kapital rekonstruksiya ishlari amalga oshirilgan markazda 38 yo‘nalishdagi to‘garaklar faoliyati uchun yaratilgan shart-sharoitlar, 3625 kitob fondiga ega kutubxona 220 nafardan ziyod tadbir ishtirokchilarida, hatto qo‘shni Farg‘ona va Andijon viloyatlaridan kelgan soha vakillarida ham katta taassu­rot qoldirdi.

Mardonbek ESONBOYEV