“Yosh kitobxon” yangi talantlarni kashf etmoqda

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Yosh kitobxon” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda uchta yosh toifasi bo‘yicha saralash va mahalliy bosqichlardan muvaffaqiyatli o‘tgan 36 nafar iqtidorli, kitobxon yoshlar ishtirok etdilar.
Natijalarga ko‘ra 10 - 14 yosh toifasida 1-o‘rinni To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Ishoqxon Ibrat nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Dilrabo Mahmudova qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 15 - 19 yoshli qatnashchilar orasida 300 dan ortiq kitob mutolaa qilgan Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 42umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Mirjalol Sotvoldiyev shartlarni bajarishda barchadan zukko va hozirjavob ekanligini ko‘rsatib, mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
G‘olib kitobxonlarga tanlovning respublika bosqichida omad tilaymiz.

Maftuna REJABBOYEVA