Unga oshno kamol topyapmiz

- Ma’naviyat xazinasi, ziyoga kon bo‘lgan viloyat axborot-resurs markazining doimiy faol a’zosiman. Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan 5 ta muhim tashabbusning amaldagi ijrosi bo‘yicha markazimizda har kuni bir-biridan qiziqarli va maroqli tadbirlar o‘tkazilmoqda. Mana shunday adabiy kechalar kitobxonlikka muhabbatimizni, axborot texnologiyalari bilan ishlash ko‘nikmamizni, sportga ishtiyoqimizni oshirib, bo‘sh vaqtimizni samarali o‘tkazishimizda katta ahamiyat kasb etmoqda.
Kitobxonlikka bag‘ishlab “Kitob - ezgu xislatlarni tarbiyalaydi” shiori ostida o‘tkazilgan bilimlar bayramida o‘quvchilar rus, ingliz tillarida she’r, qo‘shiqlar aytdilar, raqslar ijro etdilar. O‘qigan kitoblarini qisqacha mazmuni bilan tanishtirib o‘tdilar. Faol tengdoshlarimiz tadbir so‘nggida taqdirlandilar.

Imona ALISHEROVA,
Namangan shahridagi 38-umumta’lim maktabining 5-sinf o‘quvchisi