MUTOLAA muvaffaqiyat OMILI

Ko‘p kitob mutolaa qilish insonni ma’nan va aqlan kamol topishida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Yaqindagina poytaxtimizda umumta’lim maktablari o‘quvchilaridan iborat jamoalar o‘rtasida o‘tkazilgan “Yosh kitobxonlar” tanlovida viloyatimiz o‘quvchilari muvaffaqiyatli ishtirok etdilar. Belgilangan 40 ta kitobdan tuzilgan savollarning barchasiga to‘g‘ri javob berib, eng yuqori natijani qo‘lga kiritdilar. Hatto sahna ko‘rinishi shartida ham birinchilikni qo‘ldan boy bermadilar.
Namangan tumanidagi 16-umumta’lim maktabining Mahliyo Sotvoldiyeva, Nilufar Mamazoitova, Nozima Abdulhoshimova hamda Ma’suma Xolmatova kabi eng zukko, bilimdon va tirishqoq o‘quvchi-qizlaridan tarkib topgan viloyatimiz jamoasi respublika miqyosida ishtirok etgan jami 14 ta jamoani yengib, g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildilar.
Kitobsevar o‘quvchilar diplom hamda sovg‘alar bilan taqdirlan­dilar.

O‘z muxbirimiz