Orzular maskanim

Maktabgacha ta’lim maskanida do‘stlar orttirgan kezlarimdayoq ular bilan maktabda ham haqiqiy do‘stlar bo‘lib qolishga ahdlashgandik. U yerda hayotimizning eng go‘zal va mo‘jizalarga boy davrini boshladik deb o‘ylayman. O‘zim kabi bolajonlar bilan she’rlar yod­ladik, qo‘shiqlar aytdik, sevimli multfilm qahramonlarimizning rasmlarini chizdik. Endilikda esa, yana bir yoshga ulg‘aydik. Bizni maktab atalmish bilimlar makoni o‘z bag‘riga chorlamoqda. O‘ylaymanki, bu maskan biz uchun chinakam bilimlar, muvaffaqiyatlar va g‘alabalar maskani bo‘ladi. Men esa ishonch bilan eng baxtli o‘quvchiman deb ayta olaman.

Ramziddin MAHMUDJONOV,
Kosonsoy tumanidagi 44-umumta’lim maktabining 1-sinf o‘quvchisi