Kitoblar karvoni yo‘lga chiqdi

Inson ma’naviyatini yuksaltirib, uni ezgu maq­sadlar sari yo‘naltiradigan kitob hamisha, hamma joyda sodiq do‘st hisoblangan. Shu nuqtai nazardan bugungi kunda kitob va kitobxonlikka bo‘lgan e’tibor kundan-kunga oshib bormoqda. Yangi o‘quv yili oldidan barcha umumta’lim maktablari tomon yo‘lga chiqqan kitoblar kavoni o‘quvchi-yoshlarga bir olam quvonch hadya etdi. Davlatimiz tomonidan 12 nomdagi jami 8352 dona badiiy kitoblar viloyat miqyosidagi 685 ta maktabga yetkazilishi ko‘zda tutilgan. O‘zbek va jahon adabiyotining eng sara asarlari o‘quv yili davomida o‘g‘il-qiz­larning bilimlarini boyitishi, shubhasiz.

Maftuna REJABBOYEVA