Endi men muallimman

Kechagina maktabda chopqillab yurgan qizaloq edim. Bugun esa o‘zim faoliyat boshlagan ta’lim maskanida yugurgilab yurgan qizaloq­larni kuzatib turib, qalbim hayajondan entikmoq­da. Qo‘llarida guldasta tutib, maktab ostonasiga ­zavq-u shavq bilan kirib kelayotgan kichkintoylarni ko‘rib, diling quvnaydi.
Mustaqillik shodiyonasiga mushtarak boshlangan “Bilimlar kuni” tantanalari ana shunday o‘ylar bilan boshlandi. Endi bizni yangi o‘quv yili, yangi yutuqlar va g‘alabalar chorlamoqda. Shunday ekan astoydil o‘qish va o‘rganish, intilish va izlanishda davom etamiz. Yosh murabbiy sifatida kelajak egalariga yangi innovatsion texnologiyalar asosida puxta va chuqur ta’lim be­rishga harakat qilamiz. Bolajonlar bilan birgalikda ilm-ma’rifat cho‘qqilari sari astoydil intilamiz.

Kamola TOJIBOYEVA,
Namangan shahridagi 5-umumta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi