OZOD VA OBOD DIYORIM

Erta tongdanoq vujudimda, shuurimda bayramona ruh kezib yuribdi. Derazamdan kirib turgan istiqlol shabadasi ruhiyatimda allanechuk iliq hislarni uyg‘otmoqda. Ozod va obod diyorimda barkash quyoshning nurlariga erkalanib uyg‘onmoq qanday baxt, qanday saodat?!
Hech ikkilanmay ayta olamanki, bugun men va men kabi barcha O‘zbekiston o‘g‘il-qizlari mustaqillik sharofatidan baxt­lidir. Keng va yorug, shu bilan birga shinam xonalarda tahsil olish, mehribon ustozlaringdan bilim sirlarini puxta o‘zlashti­rish, o‘zingdagi iste’dodingni namoyon qilish va shunga munosib rag‘bat olish bularning barchasi hurlik sharofatidan.
Men ham shu go‘zal diyorning farzandi ekanimdan faxrlanaman. Uning buyuk kelajagi uchun astoydil harakat qilib, jahon maydonlari uzra yuksak marralarni qo‘lga kiritishga va’da beraman.

Munisa MIRZAABDULLAYEVA,
Chortoq tumanidagi 50-umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi