Bargga yozilgan maktub

Ko‘z o‘ngimda alvonrang olam o‘zi tomon chorlayap­ti. Borliq tillarang libosini ko‘z-ko‘zlab bayramga tadorik ko‘rayotgan qizaloqday bo‘lib qolgan. U xuddiki noz-ne’matlar bilan o‘zini bezaganday nazarimda. Endi tonglari quyosh ham u qadar qizdirmas, tanaga iliqlik ulashadigan darajada nur taratadi. Polizda erkalanib yotgan qovun-tarvuzlar dehqon bobomning mo‘l daromadi, qolaversa, ma­shaqqatli mehnatining samarasidir.
Men bo‘lsam chinorning oltin bargiga kuzga izhorlarimni yozib o‘tiribman. Unda yomg‘irga sog‘inchli salomim ham bitilgan. Endi qo‘llarimda soyabon bilan uni qarshilashga tayyorman.

Gulshoda DAVRONOVA,
Norin tumanidagi 44-umumta’lim maktabining 4-sinf o‘quvchisi