Asalchi boboning ko‘makchisi

Qadimdan asalning shifobahshligi, uning ming dardga davo ekani haqidagi ma’lumotlar talaygina. Ayniqsa, tog‘ yonbag‘irlarida maromi­ga yetkazib olingan asal juda ko‘p kasalliklarga shifo bo‘lishi, shubhasiz. Biz­ning qahramonimiz Muhiddin Obitxonov ham ana shunday shifobaxsh asal yetishtirish bilan shug‘ullanadi. Asalchilar oilasida tug‘ilgan qahramonimiz arichilikning sir-asrorlarini bobomeros deya ta’riflaydi. Endigina 6-sinfda tahsil olishiga qaramay tadbirkorlik sohasidagi bilimlari talaygina. Yoz oylari ari oilalarini Nanay, Chust. Popning so‘lim joylariga joylashtirishadi. Ularga maxsus oziqlar berib boqishadi. Bu ishlar yosh tadbirkor uchun allaqachon odatiy ishlar tusiga kirib qolgan.
O‘zi yetshtirgan asalni kelgusida chet davlatlarga eksport qilishni maq­sad qilgan qahramonimiz hozirda ingliz tilini chuqur o‘rganishni boshlab yuborgan. “Intilganga tole yor” deganlariday uning izlanish va intilishlari ham o‘z samarasini berishiga ishonamiz.

Diyora EGAMBERDIYEVA,
To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 43-umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi