SHE’RIYAT SHAYDOSIMAN

Adabiyot va she’riyat shunday nafosat va nazokatbilan va uyg‘un olam­ki, unga qadam qo‘ygan ijodkor qalb kechinmalarini, ezgu tuyg‘ularini qog‘ozga tushiradi, ezgulikka yo‘g‘rilgan fikrlarini olamga doston etadi. Men ham 8 yoshimdan buyon ana shunday ajib olamning vakilasiman. Ona yurt, tabiat, go‘zallikni tarannum etuvchi she’rlarim bilan viloyat hamda respublika nashrlarida qatnashib kelmoqdaman. Yaqinlarimning ko‘maklari va mehrlari bilan son’ggi yillarda “Istiqlolning qiziman”, “Bolaligim”, “Orzularim qanotida” nomli she’riy to‘plamlarim nashrdan chiqdi. O‘zim esa yuzlab kitoblarni mutolaa qilishdan zavq olaman. Ijodimda qahramonlarimning ijobiy fazilatlarini mujassamlashtiraman. Kelajakda bolalar ijodkori sifatida o‘zim kabi yoshlarga saboq berishni orzu qilaman.

Muslima OLIMXONOVA,
Kosonsoy tumanidagi 8-umumta’lim maktabining 7-sinf o‘quvchisi