Ertaklarning jonli tasviri

O‘zingiz sevgan ertak qahramonlarining tasvirlari xonangiz devorlarida bo‘lsayu, har kuni ular bilan suhbatlashib tursangiz. Yana uyquga ketar chog‘ingiz turfa sarguzashtlarga oshno etsa. Qanday qilib bunga erishish mumkin deysizmi?
Axir sizning musavvirlik borasidagi iqtidoringiz yaxshigina rivojlanganku.
Ana shunday iste’dodli rassomlardan bir guruhi Namangan shahridagi 26-sonli mehribonlik uyi­ning “Yosh musavvirlar” to‘garagining faol a’zolaridir. Shoira Mashrapova, Doniyor Rahimjonov, Bahodir Yo‘ldashev, Larisa Trishinkova singari o‘g‘il-qizlar bugun muassasada maxsus tovoqlarga ertak qahramonlari, miniatyura, milliy qadriyatlar, tabiat tasvirlarini mahorat bilan aks ettirmoqdalar. Yuzdan ortiq tovoqlarga tushirilgan suratlar bugun muassasadagi ajoyib ko‘rgazma maydonchasini tashkil etib turibdi.

O‘z muxbirimiz