BILIMDON BIOLOG BO‘LAMAN

Olamdagi barcha tirik mavjudotlarning qanday paydo bo‘lgani, organizmlaridagi o‘xshash va farqli jihatlari, hayvonlar, qushlar, o‘simliklar qo‘yingki, butun yer yuzidagi mavjudlikka oid sirlarni o‘rganish, izlanish menga bir olam zavq beradi. Ayniqsa, yangi tug‘ilgan hayvonlar, qushlarning polaponlari, gullarning qaysidir pallada ochilishini o‘z ko‘zing bilan kuzatishga nima yetsin. Balki bularning barchasi ustozim Dilorom Muhammadova o‘rgatayotgan bilimlarning qi­ziqarli ekanidandir. Bioligiya fanini yaqindagina o‘rganishni boshlaganimizga qaramay, sinfimizdagi barcha tengdoshlarim aynan shu fan uchun alohida tayyorgarlik, ishtiyoq bilan qatnashishlarini ko‘rib quvonaman. Hozirdanoq ushbu fanni puxta o‘zlashtirib, kelajakda eng bilimli biolog olim bo‘lmoqchiman. Balki o‘shanda hozir o‘zim qiziqayotgan savollarga javob toparman. Oldimda esa men uchun chinakam mo‘jizalar olami turganiga shubham yo‘q.

Hurriyatxon ULKANOVA,
Chust tumanidagi 56-umumta’lim maktabining 7-sinf o‘quvchisi